“Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari G.Shodiyeva va D.Egamovalar tashabbusi bilan 102 va 109-guruh talabalari uchun universitetimiz ichki ishlar profilaktika inspektori leytenant G. H. Xalilova va universitet xotin-qizlar psixologi D. Yusupovalar ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekan o‘rinbosari X. Ro‘zmetov ochib berdi. So‘ngra universitet inspektori G. Xalilova talabalarga universitetda o‘qish davrida talabalar bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha aniq misollar bilan tushuntirishlar berib o‘tdi.
Talabalar turar joylarida yashash qoidalari va boshqa bir qancha masalalar yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi. Mazkur mavzuga doir tarbiyaviy va ta’sirli videoroliklar ham namoyish etildi. Shundan so‘ng universitet xotin-qizlar bo‘yicha psixologi D.Yusupova talabalarning ruhiy holatlari bo‘yicha ma’lumotlar berdi va tadbir so‘ngida talabalar va psixolog ishtirokida psixologik mashqlar o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv talabalarga foydali tarzda o‘tkazildi.
Iqtisodiyot fakulteti tyutortlari G.Shodiyeva va D.Egamovalar axboroti